Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016, 8 avgust yakunlari. Medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadamlikni davom ettirmoqda
Rio-2016 olimpiadasining uchinchi kun bahslari yakunlanmoqda. Ayni paytga kelib medallar hisobi bo‘yicha ro‘yxatning yuqori qismida kuchli uchlik shunday ko‘rinish olgan: AQSh 19 (5-7-7), Xitoy 13 (5-3-5) va Avstraliya 7 (4-0-3).
Amerikalik Rayan Merfi 100 m masofaga orqaga suzish uslubida chempion bo‘lib (51,97 soniya), terma jamoasiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
Xitoylik suzuvchi Sun Yana 200 m masofaga erkin suzish bo‘yicha bahslarda 1 daqiqa 44,65 soniya natija bilan g‘olib bo‘ldi. Suvga sakrash bo‘yicha bahslarda ham xitoylik juftlikka teng keladigani topilmadi - Lin Yue va Chen Aysen 10 m balandlikdan suvga sakrash bo‘yicha eng yaxshi natijani ko‘rsatishdi (496,98 ball).
Regbi-7 bo‘yicha Avstraliya ayollar terma jamoasi finalda Yangi Zelandiya termasini 24:17 hisobida yengib, bu sport bo‘yicha o‘z tarixlaridagi ilk oltin medallarga ega chiqishdi.
Rossiya terma jamoasi uchinchi kun bahslarida jami 5ta medal oldi va umumiy ro‘yxatda 2ta oltin, 5ta kumush va 3ta bronza bilan yettinchi o‘rinda joylashgan.
Uchinchi kun bahslarida rossiyalik sablistchi qiz Yana Yegoryan oltin medal sohibi bo‘ldi, unga yutqazgan boshqa bir rossiyalik Sofya Velikaya kumush medal bilan taqdirlandi. Olimpiadagi oxirgi daqiqalarda ruxsat olgan suzuvchi Yuliya Yefimova ham brass uslubida 100 m masofaga suzish bahslari finalida ikkinchi o‘rinni egalladi - kumush.
Olimpiadaning uchinchi kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bahslarda ishtirok etdi.
Pnevmatiq miltiqdan o‘q otish bo‘yicha Vadim Skorovarov saralash bahslarida ishtirok etib, 620.9 ball bilan 28-o‘rinni egalladi va turnirni tark etdi.
Sportning akademik eshkak eshish turida ishtirok etayotgan Shahboz Xolmurzayev chorak final bosqichiga chiqdi.
73 kg vazn toifasida o‘z omadini sinab ko‘rgan Mirali Sharipov dastlabki saralash bosqichidayoq imkoniyatni boy berdi va turnirdagi ishtirokini to‘xtatdi.
49 kg va 91 kg vaznlarda ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov va Rustam To‘laganov saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, chorak finalga o‘tishdi.
O‘zbekistonlik suzuvchi Ra'noxon Amonova Rio-2016da ikkinchi yo‘nalishda o‘z omadini sinab ko‘rdi. Sportchi 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha saralash bellashuvlarida qatnashdi va o‘z guruhida finishga oxirgi bo‘lib yetib keldi.
Rio-2016
Rio-de-Janeyro, Braziliya
8 avgust
O‘q otish, erkaklar, pnevmatik miltiq, 10 m
1. Nikkolo Kampriani (Italiya)
2. Sergey Kulish (Ukraina)
3. Vladimir Maslennikov (Rossiya)
O‘q otish, erkaklar, trap
1. Yosip Glasnovich (Xorvatiya)
2. Jovanni Peliyello (Italiya)
3. Edvard Ling (Velikobritaniya)
Og‘ir atletika, ayollar, -58 kg
1. Sukaniya Srisurat (Tailand)
2. Pimsiri Sirikayu (Tailand)
3. Xsing-Chun Kuo (Tayvan)
Gimnastika, erkaklar, jamoaviy bahslar
1. Yaponiya – 274,094
2. Rossiya – 271,453
3. Xitoy – 271,122
Suvga sakrash, erkaklar, sinxron sakrash, 10 m
1. Lin Yue – Chen Aysen (Xitoy)
2. Devid Boudia – Stil Jonson (AQSh)
3. Tomas Deyli – Deniel Gudfellou (Buyuk Britaniya)
Dzyudo, erkaklar, -73 kg
1. Soxey Ono (Yaponiya)
2. Rustam Orudjyev (Ozarbayjon)
3. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya)
3. Dirk van Tixelt (Belgiya)
Dzyudo, ayollar, -57 kg
1. Rafaela Silva (Braziliya)
2. Sum'yaa Dorjsuren (Mongoliya)
3. Telma Monteyru (Portugaliya)
3. Kaori Matsumoto (Yaponiya)
Qilichbozlik, ayollar, sablya
1. Yana Yegoryan (Rossiya)
2. Sofya Velikaya (Rossiya)
3. Olga Xarlan (Ukraina)
Regbi-7, ayollar
1. Avstraliya
2. Yangi Zelandiya
3. Kanada
Og‘ir atletika, erkaklar, -62 kg
1. Oskar Figeroa (Kolumbiya)
2. Eko Yuli Iravan (Indoneziya)
3. Farhod Xarki (Qozog‘iston)
Suzish, erkaklar, 200 m masofaga erkin uslubda suzish
1. Sun Yan (Xitoy)
2. Chad le Klo (JAR)
3. Konor Duayyer (AQSh)
Ayollar, 100 m, orqaga suzish
1. Katinka Xossu (Vengriya)
2. Ketlin Beyker (AQSh)
2. Kayli Mass (Kanada)
Erkaklar, 100 m, orqaga suzish
1. Rayan Merfi (AQSh)
2. Syuy Tszyayuy (Xitoy)
3. Devid Plammer (AQSh)
Ayollar, 100 m, brass
1. Liliya King (AQSh)
2. Yuliya Yefimova (Rossiya)
3. Ketrin Meyli (AQSh)


