Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016: 4-kun bahslariga kirishadigan O‘zbekiston vakillari
Xurshid Tojiboyev – Boks. 1/8 final doirasida Buyuk Britaniya vakili Jozef Kordina bilan jang qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.
Shahboz Xolmurzayev - Akademik eshkak eshish. “A” guruhi vakillari orasida 1-yo‘lakda bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.
Doston Yoqubov – Og‘ir atletika. U KXDR, Tailand, Kolumbiya, Janubiya Koreya, Saudiya Arabistoni, Xitoy Taipeyi va Ispaniya vakillari o‘rin olgan “V” guruhida ishtirokini boshlaydi. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Shahzod Sobirov – Dzyudo. U -81 kilogramm vazn toifasida o‘z ishtirokini boshlaydi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 ga to‘g‘ri keladi.