19:52 / 09.08.2016
10045

Rio-2016. Xurshid Tojiboyev chorak finalga chiqdi

Rio-de-Janeyro shahrida Olimpiada o‘yinlarning boks bahslarida O‘zbekiston vakili, -60 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Xurshid Tojiboyev ikkinchi jangda britaniyalik Yozef Kordinani yengdi va chorak finalga yo‘l oldi.

Hakamlar 1 raundda O‘zbekiston vakili ustunligini qayd etishdi, lekin keyinchalik jang davomida qoida buzilgani uchun bir balldan olib tashlandi (9:9, 9:9, 9:9).

Keyingi ikki raundda esa Tojiboyev raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, yakuniy natija 2,5-0,5 (28:28, 29:27, 29:27).

Eslatib o‘tamiz, Xurshid Tojiboyev Rio—2016 dagi ishtirokini 1/16 finaldan boshlab, qatarlik Hoqon Ershekerni har uchala raundda mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

Chorak finalda Xurshid Tojiboyevga braziliyalik Robson Konseysao raqiblik qiladi. Konseysan 1/8 finalda tojikistonlik bokschi ustidan texnik g‘alabaga erishdi.

Top