Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016. London Olimpiadasi chempioni qonida doping aniqlandi
2012 yilgi London Olimpiadasi, 2014 yilgi Yevropa chempionatida tengsiz bo‘lgan Og‘ir atletika vakili, polshalik Tomash Zelinskining qonida Rio-2016 olimpiadasi vaqtida doping aniqlandi.
Uning qonida taqiqlangan nandrolon preparati topilgan.
«Men nima bo‘lganini anglamayapman. Bu xuddi uyquda bo‘layotgandek. Boshqa so‘z ayta olmayaman. Men 10 yildan buyon mamlakatim uchun mashq qilib kelaman, 20 yildan buyon hech qanaqa dopingdan foydalanmagandim. Endi esa bu xabar paydo bo‘ldi», – deya Zelinskining so‘zlarini keltiradi The News.pl.

Cportchining aytishicha, uni Rio-de-Janeyroga kelishdan oldin 3 marta tekshirishgan va faqat Olimpiada vaqtidagi doping-sinovi ijobiy natijani ko‘rsatgan.