Rio-2016, og‘ir atletika. Doston Yoqubov 6-o‘rinni egallab, turnirni tark etdi
Og‘ir atletika bo‘yicha o‘zbekistonlik dastlabki sportchi o‘z ishtirokini yakunladi. 69 kg. vaznda yo‘llanmaga ega bo‘lgan Doston Yoqubov "V" guruhida o‘z urinishlarini bajardi.
Yoqubov dast ko‘tarish yo‘nalishining dastlabki ikkita urinishda 133 va 137 kg. shtangani muvaffaqiyatli ko‘tardi. Murabbiylar uchinchi urinishga 140 kg. buyurtma berdi, ammo Doston uni ko‘tara olmadi. Dast ko‘tarishdan keyin o‘zbekistonlik atlet 6-o‘rinni band etdi.
Siltab ko‘tarishda uning natijari yomon bo‘lmadi. U dastlab 172, so‘ngra 176 kg. toshni ko‘tardi. Yoqubov uchinchi urinishga berilgan 181 kg.ni ko‘tara olganida, umumiy hisobda 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lardi. Ammo unga omad yetishmadi.
Yakunda Yoqubov 313 kg (137+176) natija bilan 6-o‘rinni band etdi. Bu guruh vakillari orasida moldovalik Sergey Cheshir 322 kg. natija bilan peshqadamlikni qo‘lga oldi. Ushbu vaznda "A" guruhi vakillari kechki dasturda o‘z mahoratlarini namoyish qilishadi.
Manba: stadion.uz