Sport | 22:08 / 09.08.2016
8326
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya boks terma jamoasi bosh murabbiyi Lebzyak: Olimpiadada pishiq boksni emas, jang, qonni yaxshi ko‘rishadi


Rossiya boks terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Lebzyak Riodagi Olimpiadadagi boks janglari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Ularda shunaqa boks, boz ustiga bu yerda pishiq boks emas, jang, qonni yaxshi ko‘rishadi. Bunday janglarga tayyor bo‘lish kerak. Menga Vasya Yegorovning jangi yoqdi, u yaxshi urishdi, biroq hakamlar yutuqni boshqa tomonga berishdi. Men murabbiyman va o‘z qarashimcha hukm chiqaraman, ular esa o‘z qarashicha. Noxolis munosabatda bo‘lishni izlash kerak emas – bizning "do‘stlarimizga" ham, "dushmanlarimizga" ham qarshi hukm chiqarishgan onlar bo‘ldi. Biroq xulosalar chiqarib, xatolar ustida ishlash kerak. Biz an'anaviy raqiblar bilan ishlashga o‘rgangan bir qator hududlar Dominikana, Braziliya, Ekvadordir. Bu yerda esa shundaylar chiqadiki, qayerdan zarba tushirishini bilmaysan va hattoki tajribali yigitlar ham dovdirab qolishadi. Agar mahoratimiz yaxshi bo‘lsa, biz jangni bir raundning o‘zida hal qilamiz", deb aytdi Lebzyak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish