Jahon | 15:39 / 09.08.2016
6791
1 daqiqa o‘qiladi
Shtaynmayyer: «Turkiya va Rossiya NATO muqobilini yaratishmaydi»
Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Rossiya-Turkiya ittifoqi tashkil etilishi NATO muqobilini shakllantirishni anglatmasligini aytib o‘tdi. Bu haqda Bild xabar bergan.
«O‘tgan yili Rossiya bombardimonchi samolyoti turklar tomonidan urib tushirilganidan so‘ng ikki tomon o‘rtasida tushgan sovuqchilik iliqlashayotgani, yaxshi albatta. Ammo Rossiya va Turkiya munosabati NATO muqobilini shakllantira oladigan darajada qalinlashadi, deb sira o‘ylamayman», — dedi u.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya NATO uchun muhim hamkor hisoblanadi.