O‘zbekiston | 13:52 / 09.08.2016
28483
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi - "Anhor-Lokomotiv" ko‘ngilochar maskani ish boshladi

Toshkent shahrida 9 avgust kuni "Anhor-Lokomotiv" ko‘ngilochar maskani ish boshladi. Mazkur maskan "Anhor-Lokomotiv" dam olish va istirohat bog‘i Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining sobiq "A" hududida bunyod etildi. Bog‘ Toshkent shahridagi Labzak hamda Zulfiyaxonim ("Anhor" kanali) ko‘chalari oralig‘ida joylashgan.

"Anhor-Lokomotiv" dam olish va istirohat bog‘idan respublikada eng katta hisoblangan kartodrom (maydoni 12 000 kv.m.), filmlar namoyish etiladigan, konsertlar o‘tkaziladigan yozgi maydon, maydoni 1 810 kv.m. bo‘lgan katamaran va retro-mashina shaklidagi elektr qayiqlari bo‘ladigan sun'iy suv havzasi, 4 ta kinozal, 320 o‘rinli restoran, yangi kafe, avtoturargohlar mavjud.

Yangi bog‘da Toshkent teleminorasi, Kalta Minor minori, Sherdor madrasasi, Minorai Kalon, Toshkent kurantlari va Amir Temur davlat muzeyi kabi inshootlarning maketlaridan bezak sifatida foydalanilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish