Jamiyat | 15:27 / 09.08.2016
5307
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qiymati 55 milliard so‘mni tashkil etuvchi yangi diagnostika korpusi bunyod etiladi

«Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazining davolash-diagnostika korpusini qurish va jihozlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar posyolkasi, Bonur ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazining 200 o‘rinli davolash-diagnostika korpusini va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, jihozlash rejalashtirilgan.

Qayd etish lozimki, loyiha SYNECTA a.s. (Slovakiya) kompaniyasi tomonidan beriladigan beg‘araz yordam mablag‘lari hisobiga 2017 yil 1 yanvargacha amalga oshiriladi. Keyinchalik u O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga beriladi.

Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, obektni qurish qiymati 55 milliard so‘mni, uni jihozlash qiymati esa 7 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish