O‘zbekiston MXX chegara qo‘shinlarining Samarqand viloyatidagi harbiy qismlari xizmatchilariga yangi uy-joylar topshirildi
O‘zbekiston mustaqilligining yigirma besh yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining Samarqand viloyatidagi harbiy qismlari xizmatchilari uchun yangi uy-joylar hamda chegara posti foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bunyodkorlik ishlari davomida 1,7 gektar maydonda maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi qurildi. Majmuadan dorixona, choyxona, “Go‘zallik saloni”, erkaklar va ayollar sartaroshxonasi, sun'iy qoplamali stadion o‘rin olgan. Zamonaviy loyiha asosida qurilgan “O‘ray-Elipok” mahalla markazi va 120 o‘rinli maktabgacha ta'lim muassasasi ham hududga o‘zgacha qiyofa baxsh etdi.
Urgut tumanidagi harbiy qism yangi chegara posti majmuasida ham xizmatchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda askarlar turar joyi, oshxona, tibbiyot xonasi, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va boshqa zarur xizmat xonalari qad rostladi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayev so‘zga chiqdi.