Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 10 avgustdan “Toza havo” operatsiyasi boshlanadi
O‘zbekistonda 10 avgust kuni har yili bo‘lib o‘tadigan “Toza havo” operatsiyasining ikkinchi bosqichi boshalanadi. Ushbu operatsiya yo‘nalishi transport va boshqa harakatlanuvchi vositalardan atmosferaga chiqadigan zaxarli havoni aniqlashga qaratilgan.
Joriy yilning 10 aprelidan 10 mayiga qadar o‘tgan ushbu ekologik aksiyaning birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatining o‘zidagi 10 mingta avtoulovning atmosferaga zaxarli tutun chiqarish darajasi o‘rganildi. Bu haqda poytaxtda o‘tgan matbuot anjumanida Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Toshkent viloyati qo‘mitasi mutaxassislari bayon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Toza havo” operatsiyasi O‘zbekiston hududida 1990 yildan beri o‘tkazib kelinadi.