Sport | 18:10 / 09.08.2016
4869
2 daqiqa o‘qiladi

UzReport TV UYeFA Superkubogi uchun uchrashuvni jonli efirda namoyish etadi

Bugun Norvegiyaning Tronxeym shahridagi “Lerkendal” stadionida UYeFA Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Unda Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi Madridning “Real” klubi Yevropa Ligasi bosh sovrini sohibi “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. 

Ushbu o‘yin UzReport TV  telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilinadi.

Futbol uchrashuvlarining muxlislarga qiziqarli qilib yetkazilishida sharhlovchilarning o‘rni katta ekanini inobatga olgan holda, UzReport TV telekanali UYeFA Superkubogini sharhlab borish uchun “MATCh TV” telekanalining mashhur sharhlovchisi Yuriy Rozanovni taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, UzReport TV  telekanali muxlislarning umumiy auditoriyasi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, futbol o‘yinlari translyatsiyasini bir vaqtning o‘zida ikki tilda – o‘zbek va rus tillaridagi sharhlashni yo‘lga qo‘ygan. Telekanal muxlislarida futbol o‘yinlarini qaysi tildagi sharhda tomosha qilishni o‘zlari tanlash imkoniyati bor. 

Telekanalni Yamal 401 sun'iy yo‘ldoshi hamda “O‘zbektelekom” AKning “Telekom TV” IPTV xizmati orqali tomosha qilayotgan muxlislar, shuningdek, UzDigital abonentlari ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

“Real” – “Sevilya” uchrashuvini “UzReport TV" telekanalida rus tilida Yuriy Albertovich, o‘zbek tilida esa Davron Fayziyev sharhlab boradi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi, UzReport TV esa translyatsiyani soat 22:45dan boshlaydi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish