18:50 / 09.08.2016
5027

Video: Obama Demokratik partiya s'yezdida chiqishiga Eminemning musiqasi orqali tayyorlandi

4 avgust kuni AQSh prezidentligi uchun nomzod bo‘lmish Hillari Klintonning rasmiy kanalida Demokratik partiyaning Filadelfiyadagi s'yezdiga oid jarayonlar tasvirlangan video namoyish etildi. Rolikda sahnaga chiqishga tayyorlanayotgan prezident Barak Obama Eminemning «Lose Yourself» nomli trekini tinglab turganini ko‘rish mumkin.

Obama bu vaziyatda boshini xip-xop uslubidagi musiqa ohangiga monand tarzda tebratayotganini ko‘rish mumkin. Uni qo‘riqchilari jilmaygan ko‘yi kuzatib turishgan.

«Lose Yourself» qo‘shig‘i 2002 yili yozilgan, bu qo‘shiq Eminem bosh rolni o‘ynagan «8 mil» filmi uchun saundtrek bo‘lgan.

Top