Jahon | 07:13 / 10.08.2016
6252
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Saudiya Arabistoniga harbiy texnika sotishga ruxsat berdi

Foto: REUTERS

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati 1,15 mlrd dollardan ko‘proq bo‘lgan 130 ta "Abrams" tanki, 20 ta zirhli ta'mirlash-evakuatsiya mashinasi va boshqa harbiy texnikaning sotilishini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.  

Ta'kidlanishicha, bu buyurtmaning bosh ijrochisi General Dynamics kompaniyasi bo‘ladi. Qonun chiqaruvchilarda texnikalarning sotilishini taqiqlash uchun 30 kun vaqt bor. Biroq bunday holatlar kamdan-kam yuz beradi, deb tushuntirmoqda axborot agentligi.  

Saudiya Arabistoni bu harbiy texnikani Yamandagi fuqarolik urushi doirasida qo‘llashi taxmin qilinmoqda.