Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:29 / 10.08.2016
23352
1 daqiqa o‘qiladi
Avazbek Xodjimetov O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi etib tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning yangi matbuot kotibi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar berdi.
"O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi etib Avazbek Xodjimetov tayinlandi", — deb xabar qilingan O‘zbekiston TIVning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Xabarda aytilishicha, bu vaqtga qadar Xodjimetov Respublika tashqi ishlar vazirligi tuzilmalarida faoliyat yuritgan.
Tayinlov haqida boshqa qo‘shimcha ma'lumotlar yo‘q.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish