Jamiyat | 22:53 / 10.08.2016
15330
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi davomida sezilarli "keksaygan" AQSh prezidentlari

Barak Obama 4 avgust kuni 55 yoshni qarshiladi. Quyidagi suratlar orqali esa siz dunyodagi eng katta, qudratli va rivojlangan mamlakatni boshqarish inson sog‘lig‘iga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi o‘ta mas'uliyatli ish ekanini ko‘rishingiz mumkin.

Mazkur suratlardagi prezidentlarning aksariyati 8 yil davomida davlat boshqaruvi lavozimida faoliyat olib borgan. Ularning ishidagi qattiq stress holati hattoki, 4 yildan kam vaqt davomida faoliyat olib borgan prezidentlarga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa ularning keksayish jarayoniga bevosita o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.

Nafaqat Amerika, balki istalgan davlatning prezidenti va bosh vaziriga stressli holat o‘zining shavqatsiz ta'sirini ko‘rsatishi tabiiy.

1. Barak Obama 2008/2016

2. Abraham Linkoln 1861/1865

3. Franklin D. Ruzvelt 1933/1945

4. Duayt Devid Eyzenxauer 1953/1961

5. Harri S. Truman 1945/1953

6. Ronald Reygan 1981/1989

7. Jon F. Kennedi 1961/1963

8. Richard Nikson 1969/1973

9. Bill Klinton 1993/2001

10. Jorj V. Bush 2001/2008