Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Artel va Samsung konditsionerlarini ishlab chiqarish deyarli ikki barobarga oshiriladi
O‘zbekistonda «Artel» va «Samsung» rusumli xo‘jalik va sanoat konditsionerlarining split tizimlarini ishlab chiqaruvchi «Dream production» qo‘shma korxonasi 2018-yilga kelib ishlab chiqarish hajmini salkam 2 baravarga oshirishni rejalashtirmoqda.
Ayni chog‘da, «Dream Production» MChJ ishlab chiqarish quvvatlarida «Samsung», «Shivaki», «Montana», «Gloria», «Aurora», «Registon», «Shahrisabz», «Sherdor» kabi konditsionerlar ishlab chiqarilmoqda.
2016-yili bu yerda 8 ming dona xo‘jalik split-tizimlari va 2 mingta sanoat konditsionerlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bunda, mahalliylashtirish darajasi 37,7 hamda 40,6 foizni tashkil etadi.
Biroq, Respublika lokalizatsiya dasturi doirasida 2017-yili korxonada jami 14,4 mingta xo‘jalik va 3,6 ming dona sanoat konditsionerlari ishlab chiqarilsa, 2018-yilga kelib, ishlab chiqarish hajmi 15,8 ming xo‘jalik va 3,9 mingta sanoat konditsioneriga yetkaziladi.
Bunda, lokalizatsiya darajasi 2018-yilda 50 foizni tashkil etadi.