Sport | 02:36 / 10.08.2016
10139
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Superkubogi. "Real Madrid" himoyachilarining goli evaziga "Sevilya"ni mag‘lub etdi

Ispaniya klublari o‘rtasida kechgan UYeFA Superkubogi bahsida “Real Madrid” “Sevilya” ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Dastlab hisobni “Real Madrid” ochdi. O‘yinning 21-daqiqasida yosh futbolchi Asensio uzoqdan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 41-daqiqasida “Sevilya” futbolchisi Vaskes oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida “Sevilya” Ramosning qo‘polligi sabab penalti ishlab oldi va Konoplyanka 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

2014 yilgi Chempionlar ligasi finalida “Atletiko Madrid” darvozasini 93-daqiqada ishg‘ol qilib, jamoasini qo‘shimcha bo‘limlarga olib chiqqan Ramos bu safar ham xuddi shu vazifani aynan 93-daqiqada amalga oshirdi.

Qo‘shib berilgan 2-bo‘limda “Real Madrid” himoyachisi Karvaxal bir nechta raqibini ortda qoldirib, jamoasining g‘alaba golini kiritdi.

 

Yevropa Superkubogi

"Real Madrid" - "Sevilya" 3:2 (1:1)

Gollar: 1:0 - Asensio (21), 1:1 - F. Vaskes (41), 1:2 - Konoplyanka (pen. 72), 2:2 - S. Ramos (90+3), 3:2 - Karvaxal (119)

"Real Madrid": Kasilya; Karvaxal, Varan, S. Ramos, Marselo; Isko (Modrich, 66), Kazemiro, Kovachich (Xames, 72); Lukas, Morata (Benzema, 62); Asensio

"Sevilya": Riko; Kolodzeychak, Parexa, Karrisu (Rami, 51); F. Vaskes, Iborra (Kranevitter, 74), N'Zonzi, Ferreyra; Vitolo, Vetto (Konoplyanka, 67), Kiyotake

Ogohlantirishlar: Vitolo (40), Karvaxal (84), Asensio (87), Kolodzeychak (90), Xames (93)
Chetlatish: Kolodzeychak (93)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish