Ilon Mask barchani «quyosh tomlari» bilan ta'minlamoqchi
Amerikaning Tesla va SolarSity kompaniyalari quyosh batareyalariga moslashtirilgan uylar uchun maxsus «quyosh tomi»ni taqdim etdi, deb xabar qilgan Electrek portali.
Maskning ta'kidlashicha, yangi qurilmalarni odatda uylarning tomiga o‘rnatiladigan quyosh panellari bilan adashtirib yubormaslik lozim, chunki gap umuman yangi mahsulot haqida bormoqda.
«Ishonamanki, yangi mahsulot ishlab chiqarish strategiyasi yo‘lida juda muhim qadam tashlandi. Bu, tom uchun maxsus moslama emas, balki tomning ayni o‘zidir», — degan Ilon Mask.
SolarCity kompaniyasining ishonch bildirishicha, «quyosh tomlari»ga talab katta bo‘ladi, chunki tomni ta'mirlash uchun ularni demontaj qilish talab etilmaydi.
Avvalroq, Ilon Maskning Tesla Motors kompaniyasi SolarCity energetika kompaniyasini 2,6 mlrd dollar evaziga xarid qilishi ma'lum qilingan edi.