Fan-texnika | 12:38 / 10.08.2016
8334
2 daqiqa o‘qiladi

Kolin Makreyning shaxsiy poyga mashinasi eBay onlayn savdo tarmog‘ida sotuvga qo‘yildi

eBay onlayn kimoshdi savdo tarmog‘iga MG Metro 6R4 poyga mashinasi sotilayotgani haqidagi e'lon qo‘yildi. U, 1995-yilgi jahon chempioni Kolin Makreyga tegishli bo‘lgani aytilmoqda. Shotlandiyalik poygachi undan 1998-yilgi jahon chempionati bosqichiga tayyorgarlik doirasida mashg‘ulot mashinasi sifatida foydalangan.

Xabar qilinishicha, Makrey mashinani garajda ta'mirlayotgan vaqtda yonib ham ketgan. Unga naqadar ziyon yetgani ma'lum emas. Makreydan so‘ng, xetchbekka poyga mashinalari muhandisi Ien Roulensning MG Metro mashinalarini ishlab chiqaruvchi 6R4 kompaniyasi egalik qilgan. 

2015-yili Britaniyaning Coys kimoshdi savdo uyi 1985-yili ishlab chiqilgan hamda poygalarda bironta marta ham ishtirok etmagan MG Metro 6R4 poyga mashinasini sotuvga qo‘ygan edi. U, 85 ming funt (130 ming dollar)ga baholangandi. Makreyning mashinasining boshlang‘ich narxi 350 ming funt (454 ming dollar) etib belgilangan.

Kolin Makrey 1987-2003 yillarda avtopoyga bo‘yicha jahon chempionatlarida qatnashgan. U, 1995-yili chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan, 1996, 1997 va 2001 yillarda ikkinchi o‘rinni olgan. 2007-yilda xususiy vertolyotning qulashidan halok bo‘lgan.