Jamiyat | 11:33 / 10.08.2016
7188
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning ikki fuqarosi qilmishiga yarasha jazo oldi

Foto: Sputnik

Qozog‘iston sudi respublikaning ikki nafar fuqarosiga olti yillik qamoq jazosi tayinladi. Ular, mast qiluvchi ichimlik ta'sirida yo‘l politsiyasi xodimi mashina kapotida bo‘lganiga qaramay harakatni davom ettirgan, deb xabar qilgan Aqto‘be viloyat sudi matbuot xizmati. 

Mahkama jarayonida aniqlanishicha, shu yilning 23-aprelida Qarg‘ali qishlog‘ilik Ivan Koretskiy, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganiga qaramay, buning ustiga mast holatda yo‘l politsiyasining hujjatni ko‘rsatish talabini bajarmay, harakatlanishda davom etgan. Shu bilan birga, harakatlanish chog‘ida, mashinani to‘xtatish uchun transport vositasi kapotiga chiqib olgan politsiya xodimini tushirib yuborish uchun xavfli manyovrlarni amalga oshirgan. Mashina ichida o‘tirgan mast yo‘lovchi Mixail Shkil esa, inspektorga shisha idish bilan bir necha marta jarohat yetkazgan. Shundan so‘ng, inspektor unga nisbatan quroldan foydalanishga majbur bo‘lgan. 

OAV xabarlariga ko‘ra, Koretskiy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani bois, qochib qolmoqchi bo‘lganini ta'kidlagan. Biroq, politsiya xodimi kutilmaganda kapot ustiga sakrab chiqib, ogohlantirmasdan Shkilni oyog‘idan jarohatlagan. Shkilning so‘zlariga ko‘ra, u hech kimni urmagan ham, zarar ham yetkazmagan, u aksincha do‘stidan mashinani to‘xtatishni so‘ragan. Biroq, ushbu ish bo‘yicha jabrlanuvchi politsiyachi Talgat Beketovning so‘zlarini eshitishning imkoni bo‘lmagan. U sud majlisidan biroz avval avtohalokatda hayotdan ko‘z yumgan.