Namangan viloyatidagi korxonalar tomonidan 80 ga yaqin turda tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda
Namangan viloyatida 15 ming 700 dan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yekti samarali faoliyat yuritmoqda. Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 68,2 foizi, sanoat mahsulotlarining 32,5 foizi ushbu korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ular tomonidan 80 ga yaqin turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Namangan tumanida ham sanoat izchil rivojlanmoqda. Ayni paytda tumanda 280 dan ortiq sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatib, joriy yilning o‘tgan davrida ular tomonidan 189 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Muxtasar aytganda, tumandagi 16 korxonada eksport amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilda ular tomonidan 16 million dollarlik sanoat mahsulotlarini eksport qilish rejalashtirilgan.