14:02 / 10.08.2016
19515

Oyga sayohat qilishni xohlovchilar uchun chipta narxi e'lon qilindi

Xususiy Moon Express fazoviy kompaniyasi rahbarining bayonot berishicha, Oyga parvoz qilish narxi 10 mln dollar atrofida bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali.

Moon Express asoschilaridan biri va direktorlar kengashi rahbari Nevin Yyen, kompaniya Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi Oyga parvozlarni serdaromad biznesga aylantirmoqchi ekanini oshkor qildi. 

«Jon Kennedining so‘zlarini birmuncha o‘zgartirgan holda aytishim mumkinki, biz Oyga oson bo‘lgani uchun emas, balki yaxshi biznes bo‘lgani uchun parvoz qilamiz. <...> Avvallari buning uchun mlrdlab dollar mablag‘ sarflangan bo‘lsa, endilikda bizning bir safarimiz 10 mln dollar atrofida bo‘ladi», — deb tushuntirgan Yyen. 

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Oyda 16 kvadrillion miqdorida foydali qazilmalar mavjud. 

Avvalroq, Moon Express xususiy kompaniyasiga 2017-yildan Oyga parvozlarni amalga oshirishiga ruxsat berilgani ma'lum qilingan edi.

Top