Sport | 10:29 / 10.08.2016
6906
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada o‘yinlarining beshinchi kunida 2 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi tatamiga chiqadi

10 avgust kuni Rio-2016 Olimpiadasining 5-kuni doirasida o‘tkaziladigan dzyudo bo‘yicha bellashuvlarda O‘zbekistonning ikki nafar vakili o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi. 

Kunning birinchi bahsi -90 kilogramm vazn toifasida kurashadigan Sherali Jo‘rayev ishtirokida kechadi. Uning birinchi davradagi raqibi jazoirlik Abdurahmon Benamadi bo‘ladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00da start oladi. 

Olimpiadalar tarixida ilk bor kurashadigan o‘zbekistonlik ayol dzyudochi Gulnoza Matniyazova (-70 kg) ham bugun medallar uchun kurashda ishtirok etadi. U birinchi davrada polshalik Katarjina Klishga qarshi gilamga chiqadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish