Iqtisodiyot | 21:30 / 10.08.2016
9527
2 daqiqa o‘qiladi

OPeK neftga talab rekord darajaga o‘sishini prognoz qilmoqda

Foto:gazeta.ru

OPeKning yangi prognoziga ko‘ra, 2017 yilda jahon talabini qondirish uchun kuniga 95,41 mln barrel neft talab qilinadi.

Neftga jahon talabi o‘sishni davom ettiradi va 2017 yilda rekord darajaga – kuniga 95,41 mln barrelga yetadi. 

2016 yilda neftga talabning o‘rtacha kunlik o‘sishi 1,22 mln barrelni tashkil qiladi. Yil natijalariga ko‘ra, neftga jahon talabi darajasi kuniga 94,26 mln barrelga yetadi.  

OPeKning taxminicha, 2017 yilda talabning oshishi sur'ati biroz sekinlashadi. Biroq 2017 yil natijalariga ko‘ra talabning o‘rtacha darajasi kuniga 95,41 mln barrelga yetadi, kuz va qishda esa 96 mln barreldan oshadi. 

Shu tariqa, 30 yil ichida neftga talab 1,5 barobarga oshadi (1987 yilda bu talab kuniga 63,107 mln barrelni tashkil qilgan). 1997 yilda talab kuniga 73,597 mln barrelni, 2007 yilda kuniga 86,788 mln barrelni tashkil qilgandi.  

2016 yilga nisbatan talab kuniga 1,15 mln barrelga oshadi. Bunda talabning o‘sishida asosiy ulush Osiyo davlatlariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Xitoyda neftga kunlik talab 270 ming barrelga, Hindistonda 160 ming barrelga, Yaqin Sharqda 180 ming barrelga oshadi. Shu bilan bir vaqtda AQShda (+150 ming barrel), Afrikada (+110 ming barrel) va Lotin Amerikasida (+70 ming barrel) ham neftga talab oshadi. Yevropada esa neftga talab ozgincha pasayadi. 

OPeK tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, OPeKga kirmaydigan davlatlarda neft qazib olish hajmi kamayadi, bu esa kartelga bozordagi ulushini oshirishga yordam beradi.