Jahon | 21:47 / 10.08.2016
12377
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Yevropa va AQShni Ukraina rahbariyatiga ta'sir qilishga chaqirdi

Foto: © RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimda teraktlarning oldi olinishiga izoh berib,  Yevropa va AQSh Ukraina rahbariyatiga ta'sir qilish uchun aniq qadamlar qabul qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"O‘ylashimcha, hammaga ayonki, bugungi Ukraina rahbariyati muammoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish usullarini qidirmay, balki terrorga o‘tmoqda. Bu juda xavotirli holat", deb aytdi Putin.

Avvalroq 10 avgustda Putin Qrimda teraktlarni amalga oshirishga urinishni ahmoqona va jinoyatkorona aksiya bo‘lganini aytgandi va qo‘poruvchilikning oldini olishda ikki rossiyalik harbiyning o‘ldirilishini e'tiborsiz qoldirmaslikka va'da bergandi. 

10 avgustda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan teraktlarning oldi olinganini ma'lum qilgandi. Ta'kidlanishicha, "yarimorol infratuzilmasi va hayotiy ta'minotining muhim elementlari" nishonga olingan bo‘lgan.