Sport | 18:50 / 10.08.2016
20212
1 daqiqa o‘qiladi

Rio Olimpiadasidagi basseynda g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘ldi

Tarmoqda Rio Olimpiadasidagi suvga sinxron sakrashni amalga oshirayotgan sportchilarning rangi yashil tusga kirgan basseynga sakrashgani aks etgan video paydo bo‘ldi.

Britaniyalik suvga sakrash bo‘yicha sportchi Tom Deyli o‘zining Twitter sahifasida yashil hamda odatiy rangdagi basseyn suratlarini joyladi.

“Emmmm.... Nima bo‘ldi”, – deb yozgan sportchi o‘z sahifasida.

CNN kanali bergan ma'lumotga ko‘ra, tashkilotchilar rang o‘zgarishining sababini tushuntirib bera olishmagan bo‘lsalar-da, buning sportchilar sog‘lig‘iga hech qanday zarar keltirmasligini ta'kidlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish