Jahon | 07:24 / 10.08.2016
5669
1 daqiqa o‘qiladi

Rioda jurnalistlar avtobusiga hujum qilindi

Foto: TASS

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada Deodoro klasteridan Riodagi Olimpiada matbuot-markaziga ketayotgan jurnalistlar avtobusiga noma'lum kimsalar tomonidan hujum qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu hujum haqida avtobusda ketayotgan jurnalistlardan biri xabar bergan.

"Ikkita o‘q uzildi, shundan keyin biz tezda polga yotib oldik. Avtobus to‘xtamasdan harakatlanaverdi", deb aytgan voqea guvohi.

Hujum oqibatida avtobusning bir necha oynasi singan. Hujum oqibatida ikki kishi – turkiyalik volontyor va belaruslik jurnalist mayda jarohatlar olgan. 

Dastlab hujum o‘qotar quroldan o‘q uzilishidek tuyulgan. Biroq politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusga tosh otilgan. Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi bu voqea yuzasidan tergov boshladi.