Jahon | 18:51 / 10.08.2016
6379
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lanka sakkiz dona qiruvchi samolyotlar xarid qilmoqchi

Foto:snariad.ru

Shri-Lanka hukumati, orol atrofidagi maxsus sanoat hududini samarali mudofaa qilish maqsadida 8ta yangi qiruvchi samolyot sotib olmoqchi ekanini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

"Unga ko‘ra, hukumatlararo kelishuvga muvofiq, sakkizta qiruvchi samolyotni barcha qurol-aslahalari to‘plami bilan xarid qilish ko‘zda tutilgan", — degan hukumat rasmiy vakili Rajita Senaratne.

Yangi samolyotlarni yetkazib berish uchun Hindiston va Pokiston ishlab chiqaruvchilari raqobat qilmoqda. 

Ekspertlarning fikricha, hozirda mamlakat Qurolli kuchlari ixtiyorida 30 yil muqaddam ishlab chiqilgan Xitoyning Chendu J-7, Rossiyaning MiG-27 va Isroilning "Kfir" qiruvchi samolyotlari mavjud. Hukumat harbiy havo kuchlari 1983-2009 yillardagi fuqarolik urushida jiddiy talofat ko‘rgan.