Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: AQShning bir necha million fuqarosi sifatsiz ichimlik suvi iste'mol qiladi
Harvard jamoat salomatligi maktabi bir guruh olimlarining aniqlashlaricha, millionlab amerikalik kundalik foydalanishda ishlatadigan ichimlik suvi tarkibida katta miqdorda kimyoviy moddalar mavjud. Yirik shaharlar, korxonalar va harbiy bazalar yaqinida istiqomat qiluvchi kishilar xavfli hududlarda yashayotganlardir, deyiladi Environmental Science & Technology Letters jurnalida.
Olimlar 36 mingta suv namunasi tarkibi 6ta eng keng tarqalgan kimyoviy moddalar naqadar ko‘pligini aniqlashgan. Ma'lum bo‘lishicha, 33 shtatning 6 millionga yaqin fuqarosi belgilangan me'yordan ko‘p xavfli kimyoviy modda bo‘lgan suvlarni iste'mol qilishadi. Ichimlik suvlarning eng jiddiy ifloslanishi Kaliforniya, Nyu-Jyersi va Shimoliy Karolina shtatlarida qayd etilgan.
Tadqiqotning yetakchi muallifi Sindi Xuning so‘zlariga ko‘ra, «salomatligi xavf ostida bo‘lgan insonlarning aniq soni taxmin qilinganidan ko‘proq bo‘lishi ham mumkin».
Hozirgacha, AQSh hukumati 100 mlnga yaqin amerikalik iste'mol qilayotgan ichimlik suvi sifatida haqida bironta ham ma'lumotga ega emas. AQSh kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish Markazi axborotiga muvofiq, tadqiqotda aniqlangan ayrim moddalar inson tanasida xolesterin moddasining ortishi, immun tizimi faoliyati o‘zgarishiga, homila rivojlanishining buzilishi hamda saraton xastaligiga sabab bo‘lishi mumkin.