O‘zbekiston | 19:12 / 10.08.2016
5066
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda Koreya Respublikasi elchisi bilan turli darajadagi tashriflar masalasi muhokama etildi

2016 yilning 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar, jumladan turli darajadagi o‘zaro tashriflar hamda O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorlik institutlari majlislari jadvalining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish