Jahon | 09:52 / 10.08.2016
7085
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatidan keyin turk ofitseri AQShdan boshpana so‘radi

Foto: EPA

Amerikaning Virjiniya shtatidagi NATO bo‘limida xizmat qiluvchi turk qo‘mondoni AQSh hukumatidan boshpana so‘radi, bu Turkiya hukumati mamlakatdagi harbiy to‘ntaruv harakati munosabati bilan uni ortga qaytarishni so‘raganidan so‘ng yuz berdi. Bu haqida AQSh Qurolli kuchlarining qo‘mondonligi manbasiga asoslanib, Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, turk ofitseri NATOning Norfolkdagi qo‘mondonlik shtab-kvartirasida xizmat qilgan.

Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi xodimining ma'lum qilishicha, o‘tgan oyda harbiy flot kontr-admirali Mustafo Ugurluni hibsga olishga order kelib tushgan. U esa vatanga qaytish buyrug‘iga itoat qilmagan. 

"22 iyulda u o‘z nishonlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatini bazada qoldirgan, shundan so‘ng u haqida hech kim hech narsa eshitmagan", - dedi turk diplomatik missiyasi vakili. 

Ma'lum bo‘lishicha, Turkiya hukumati undan tashqari yana ikki ofitserni ortga chaqirgan. Ulardan biri Turkiyaga qaytgan, ikkinchisi tez kunlarda qaytadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish