Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter foydalanuvchisi akkaunti Rio Olimpiadasi lavhasini tarqatgani uchun bloklandi
Twitter ijtimoiy tarmog‘ining venesuelalik foydalanuvchisining @Lubrio nikli akkaunti Rio-Olimpiadasi musobaqalariga oid bir necha qisqa videolar tarqatganidan keyin bloklangan. Bu haqda Mashable xabar berdi.
Akkaunt 42 mingdan ortiq o‘quvchiga ega edi. Uni Luijiano Brachchi Roa yuritayotgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, akkaunt Xalqaro olimpiya qo‘mitasining so‘roviga binoan yopilgan.

U o‘z blogida yozishicha, u tarqatgan video qonuniy edi, unda Venesuela delegatsiyasining turnir ochilish marosimidagi chiqib kelishi tasvirlangandi.
Brachchi bu videoni tarqatish orqali hech qanday daromad ko‘rishni mo‘ljallamagani, XOQ ham Twitter ham bu ish qoidabuzarlik ekanidan ogohlantirmaganini ta'kidlagan.
XOQ bu xabarga munosabat bildirmadi.
Bundan oldingi xabarlarda XOQ Olimpiada o‘yinlarini GIF, GFY, WebM yoki Vine formatlarida translyatsiya qilishni taqiqlagani aytilgandi.