Jahon | 09:42 / 10.08.2016
3822
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Bosh prokuraturasidagi barcha xodimlar ingliz tilini o‘rganadigan bo‘lishdi

Ukraina Bosh prokurori o‘rinbosari Yevgeniy Yenin sentabr oyidan boshlab mamlakat Bosh prokuraturasining barcha xodimlari ingliz tili saboqlaridan dars olishni boshlashlarini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Bosh prokuraturaning xalqaro boshqarmasidagi barcha xodimlari va boshliqlari sentabr oyidan boshlab ingliz tili kurslaridan saboq olishadi», — dedi Yenin Ukrainaning «Beshinchi kanal» nashri bilan intervyusida.

Uning ta'kidlashicha, Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lutsenko xalqaro hamkorlar bilan faqat ingliz tilida gaplashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish