Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sportchilarining 10 avgust kuni Riodagi chiqishlari jadvali
Milliy olimpiya qo‘mitasi Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining 10 avgustdagi chiqishlari jadvalini e'lon qildi (Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan).
Bugun, turnirning beshinchi kun musobaqalari doirasida o‘zbekistonlik 6 sportchi o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.
Dzyudo
Sherali Jo‘rayev (-90 kg.) – birinchi bosqichdan boshlab - finalgacha
Gulnoza Matniyozova (-70 kg.) – birinchi bosqichdan boshlab - finalgacha
Soat 18:00dan boshlanadi
Akademik eshkak eshish
Shahboz Xolmurzayev – 13-24 - o‘rinlar uchun (2000 metr)
Soat 19:10dan boshlanadi
Boks
Chorak final, (-91 kg). Rustam To‘laganov (O‘zbekiston) – Abdulqodir Abdullayev (Ozarbayjon)
Soat 21:45
Chorak final, (-49 kg). Hasanboy Do‘stmatov (O‘zbekiston) – Birzan Zakipov (Qozog‘iston)
Soat 01:00
1/16 final, (-64 kg). Fazliddin G‘oibnazarov (O‘zbekiston) – Dival Malongo (Kongo)
Soat 02:15
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sportchilari ishtirokidagi barcha musobaqalar Sport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.