Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston turizmi salohiyati Xitoyda namoyish etiladi
“O‘zbekturizm” MK O‘zbekistondagi xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi, O‘zbekistondagi XXR elchixonasi va Shanxaydagi O‘zbekiston bosh konsulligi bilan hamkorlikda Xitoyning Pekin va Shanxay shaharlarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati borasida taqdimot o‘tkaziladi.
“O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati xabar berishicha, tadbir XXRdan kelayotgan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tadbir 10 avgust kuni Shanxayda, 15 avgust kuni Pekindabo‘lib o‘tadi.
Tadbirda 20 ta O‘zbekiston sayyohlik kompaniyasidan vakillar ishtirok etadi. Har bir shaharda ularni XXRning yuzlab OAV va sayyohlik sanoati vakillari bilan uchrashuv kutmoqda.