Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20-21 avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi
20-21 avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Gazeta.uz» Vazirlar Mahkamasining 10 avgust kungi farmoyishi asosida xabar bergan.
Xabarda ta'kidlanishicha, har yili Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkazish an'ana tusini olgan.
Tadbir vaqtida ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, muqaddas qadamjolar, bolalar maydonchalari, yo‘llar, yo‘lkalar va ariqlarni tozalash va obodonlashtirish rejalashtirilmoqda.
Barcha mahallalar va turarjoy massivlarida gul, mevali va manzarali daraxtlar ekish, bo‘sh joylarni ko‘kalamlashtirish, daraxt shoxlarini kesish va oqlash mo‘ljallanmoqda.
Hasharchilar keksalar holidan xabar olib, ularning uy ishlarida ko‘mak berishadi. Muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatiladi.
Avgust, an'anaga ko‘ra, obodonlashtirish va tozalik oyi deb e'lon qilingan.