20:46 / 11.08.2016
12598

Yana bir futbolchi sochi rangini o‘zgartirdi

Yevropada futbolchilar orasida yangicha soch turmagi urfga kirgan. Angliyada yana bir futbolchining sochlari rangi "oqargan".

"Liverpul"ning braziliyalik yarim himoyachisi Roberto Firminoning sochi kulrangni eslatuvchi platina rangiga bo‘yalgan.

Bundan oldinroq, "Arsenal" futbolchisi Aaron Remsi, "kanonirlar"ning sobiq futbolchisi Samir Nasri hamda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi ham sochlarini boshqa rangga bo‘yatgandi.

Top