APL direktori: «Bizning strategik rejamiz – har 6 yilda yangi chempion jamoa ko‘rish»
Angliya premer-ligasi ijrochi direktori Richard Skademor liga turnir g‘oliblari doimiy ravishda o‘zgarib turishidan manfaatdor ekani haqida gapirib o‘tdi.
«Barcha klublarga hurmat saqlagan holda aytamanki, premer-ligala shunday strategik reja bor – «Har 6 yilda yangi chempion jamoani ko‘risht». Bu qaysidir jamoaning chempion bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatishimizni anglatmaydi. Shunchaki bu borada ba'zi rotatsiyalar amalga oshiriladi.
«Lester»ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyati barcha betaraf muxlislar uchun muhim voqeaga aylandi. Ba'zilar «tulkilar»ning chempion bo‘lishiga hayratlanmasdan qaragandir. Undaylar bu holatda ham boshqa katta klublar chempion bo‘lgan holatdagi munosabatlarini saqlab qolishdi. Lekin alal-oqibat bu jamoaning chempionligi butun dunyo bo‘ylab aks-sado berganini ham ko‘rdik.
Hozirda qancha jamoada premer-ligada g‘olib chiqish uchun real imkoniyatlar bor? Agar «Lester»ning chempion bo‘lganini nazarda tutadigan bo‘lsak, 17 jamoa deyishimiz mumkin. Hazil. Lekin Venger kabi bu savolga jiddiy qarab aytadigan bo‘lsak, bu mavsumda 8ta jamoa chempionlik uchun kurashadi» — degan Skademor.
Manba: Tribuna.uz