BMT: iyulda Donbassda halok bo‘lgan tinch aholi soni eng ko‘p bo‘ldi
Joriy iyulda Donbassdagi ixtilof tufayli halok bo‘lgan va yaralangan tinch aholi soni 2015 yil sentabridan beri rekord darajada bo‘ldi. Bu haqda Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotida aytilmoqda.
"Tinch aholi orasida qurbonlar soni eng ko‘p bo‘ldi. Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi iyulda ixtilofning jabrdiydasi 73 nafar tinch aholi vakili bo‘lganini qayd qildi", deyilmoqda hisobotda.
Ulardan 8 nafari halok bo‘lgan, 65 nafari yaralangan. Iyunda 69 kishi ixtilof jabrdiydasiga aylangan, ulardan 12 nafari halok bo‘lgan. Shuningdek, 2015 yil sentabridan 2016 yil mayigacha oyiga o‘rtacha jabrdiydalar soni 34 kishi bo‘lgani ta'kidlab o‘tildi.
Avvalroq BMTda Donbassdagi ixtilof boshidan beri 10 mingga yaqin odam halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.