Jahon | 07:59 / 11.08.2016
6312
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviya vaziri: Hindiston mamlakatda olinadigan barcha oltinni sotib olmoqchi

Foto: © RIA

Hindiston Boliviyadan mamlakatda qazib olinadigan barcha oltinni sotib olishga tayyor, deb aytdi 10 avgustda Boliviya tog‘-kon sanoati vaziri Sesar Navarro.

2015 yilda Boliviyada oltin qazib olish hajmi 19 tonnani tashkil qilgan.

"Bizga Hindiston elchisi keldi, u bir vaqtda Perudagi elchi ham hisoblanadi va Boliviyaga xususiy investitsiyalar tomonidan qiziqish borligi hamda davlatimizda olinadigan barcha oltinni sotib olish istagini bildirdi", deb Navarroning Hindiston elchisi Sandip Chakravorti bilan uchrashuvidan keyin bergan bayonotini keltirib o‘tdi ABI agentligi.

Vazirning aytishicha, bu mavzu elchi bilan Nyu-Dehli yoki La-Pasda 15 kundan keyin o‘tadigan yangi uchrashuvda yana muhokama qilinadi.

"Hindiston tomonidan xaridlarga, investitsiya va ishlab chiqarishga katta qiziqish bor, biz ularga barcha, jumladan investitsiyalar soni haqidagi ma'lumotni taqdim qildik", deb aytdi Navarro.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish