Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:52 / 11.08.2016
9500
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an: AQSh Turkiya yoki Gulen o‘rtasida tanlashiga to‘g‘ri keladi
Foto: Sefa Karacan
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh "ertami-kechmi" Anqara yoki Fathulla Gulenning muholif tashkiloti (FETO) o‘rtasida tanlashiga to‘g‘ri kelishini aytdi. Turkiya bu tashkilotni mamlakatda isyonni tayyorlashda gumon qilmoqda. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ertami-kechmi AQSh tanlashiga to‘g‘ri keladi. Yo Turkiya, yo FETO. Yo to‘ntaruvlarni rejalashtiradigan terroristik FETO, yo demokratik Turkiya. Ular bu tanlovni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish