Jahon | 11:16 / 11.08.2016
5834
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya banklarining ayrim faoliyatini davlatga xiyonat deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, u ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini kamaytirishga oid o‘z chaqiriqlariga qarshi chiqishlarni davlatga xiyonat deb baholaydi

Tijorat banklari, mabodo "kreditlar va foiz stavkalari borasida salbiy qarashga ega bo‘lsa", ular javobgarlikka tortiladi. Erdo‘g‘an bu haqda Turkiya eksportchilari Assotsiatsiyasi yig‘ilishida qilgan chiqishida ta'kidlagan. 

"Agar banklar sarmoyadorlarga yo‘l ochmas ekan, men buni jinoyat deb baholayman", - degan prezident.

Erdo‘g‘an, shuningdek, banklardan ipoteka bo‘yicha foizlarni yillik o‘rtacha 13,7 foizdan 9 foizgacha pasaytirishni talab qilgan, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

TC Ziraat Bankasi, Sekerbank, Turk Ekonomi Bankasi (BNP Paribas shaxobchasi), hamda Rossiya Sberbankiga tegishli bo‘lgan Denizbank rahbariyatlari ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini davlat rahbari talab qilgan ko‘rsatkichgacha pasaytirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish