Facebook ijtimoiy tarmog‘i xakerlar hujumiga uchramoqda
ESET kompaniyasi mutaxassislari Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fisherlar – ma'lumotlarni o‘g‘rilash uchun ishlatiladigan maxsus saytlar faollashganidan ogohlantirdi.
Xakerlar buzib kirilgan akkauntlardan foydalanib, Pragada teraktlar bo‘lgani haqida yolg‘on axborot tarqatmoqda va xabarga izohlarda jabrdiyda do‘stlari ro‘yxatidan foydalanuvchilarni belgilashmoqda. Foydalanuvchilar xabardagi havola bo‘yicha o‘tganlarida tovlamachi saytga tushmoqdalar. Bu saytda yangilikka o‘tish uchun feysbukdagi login va parol kiritish taklif qilinmoqda. Shu tariqa xakerlar qarmog‘iga yana bitta akkaunt tushmoqda.
Ayni vaqtda xakerlarning hujumlaridan Chexiya va Slovakiyada yashovchilar jabr ko‘rmoqdalar, biroq mutaxassislar hujum kuchayotganidan ogohlantirishmoqda. Oxirgi vaqtda bu firibgarlik sxemasidan foydalanuvchi 80 ta domen aniqlangan.
Pragada oxirgi yirik terakt 2013 yil 29 aprelda yuz bergandi. O‘shandan beri Pragada hech qanday yirik favqulodda vaziyat qayd etilmagan.