Jamiyat | 07:02 / 11.08.2016
8282
1 daqiqa o‘qiladi

Forbes jurnali axborot texnologiyalari sohasidagi eng badavlat kishilar ro‘yxatini chop etdi

AQShning Forbes jurnali axborot texnologiyalari (IT) sohasidagi eng badavlat 100 kishining reytingini  chop etdi.

Ro‘yxatdagi ma'lumotlarga ko‘ra, 10 nafar eng boy IT-milliarder o‘tgan yilga nisbatan yana 64,9 mlrd dollarga boyigan.

Ro‘yxatda 1-o‘rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts (78 mlrd dollar) egalladi, undan keyin Amazon.com internet-kompaniyasi rahbari va Blue Origin asoschisi Jyeff Bezos (66 mlrd dollar) va Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg 54 mlrd dollarlik boylik bilan kelmoqda.

Yuqori beshtalikka, shuningdek, Oracle asoschisi Larri Ellison ($51,7 mlrd) hamda Google asoschilari Larri Peyj (39 mlrd dollar) va Sergey Brin (38,2 mlrd dollar) ham kirdi.

Ayni vaqtda 100 nafar eng boy IT-milliarderning umumiy davlati 892 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish