Jahon | 18:05 / 11.08.2016
3762
1 daqiqa o‘qiladi
Hirotdagi bozorda yuz bergan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, 12 kishi jarohatlandi
Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyati hududida joylashgan bozorda yuz bergan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, 12 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda viloyat hokimi matbuot kotibiga asoslangan holda Sputnik agentligi xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Shindon uyezdidagi asosiy bozoga 3 g‘ildirakli mototsikl kirib kelgach, portlash yuz bergan. Matbuot kotibi Jiloniy Farhodning aytishicha, qurbolnlar orasida 2 harbiy bor. Shuningdek, ayollar va bolalar jarohatlangan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, portlash hududidagi masjid binosi jiddiy shikastlangan.
Bu terakt uchun javobgarlikni hozircha hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi. Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda "Tolibon" va IShID jangarilari teraktlar sodir etishmoqda.