Mercedes-Benz ulkan kontsept-kupe yaratdi
Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi yangi kontseptual kupesining suratini namoyish etdi. Nemis avtomobilsozlik kompaniyasining qayd etishicha, prototip kupening gabarit uzunligi salkam 6 metrni tashkil etadi. Uning boshqa ko‘rsatkichlari haqida ma'lum qilinmagan.
Namoyish etilgan sur'atda kompaniyaning Maybach savdo belgisi ko‘zga tashlanadi. U, kuzov orqa tomonining yoniga joylangan. Hozircha, ushbu savdo belgisi bilan Mercedes-Benz kompaniyasining hashamatli S-tasnifida yagona model ishlab chiqariladi.
Qayd etish joiz, shu paytga qadar, Mercedes-Benz kompaniyasi uzunligi 6 metrni tashkil etuvchi kupe ishlab chiqarmagan. Birgina S-Class Coupe modelining gabarit uzunligi 5027 mmni tashkil etgan.
Autocar jurnalining xabariga ko‘ra, kontseptning taqdimoti Amerikaning Pebbl Bich maskanida 21-avgustda bo‘lib o‘tadigan nafislik tanlovida bo‘lib o‘tadi. Kontsept-kar esa, Maybach mutaxassislarining iqtidorini namoyish etishi lozim.
Avval ham, Mercedes-Benz kompaniyasi Maybach mashinalari turini ko‘paytirishni rejalashtirayotgani haqida bir necha marotaba xabar qilingan edi. Taxminlarga ko‘ra, E-tasnifi va GLS yo‘ltanlamaslari qatori yangi modifikatsiyadagi modellar bilan to‘ldirilishi mumkin.