Jahon | 12:59 / 11.08.2016
5388
3 daqiqa o‘qiladi

OAV AQSh politsiya xodimlarining narkokurerlar bilan munosabati haqida fikr yuritmoqda

© AP Photo

AQSh giyohvand moddalarga qarshi kurash Boshqarmasi xodimlari, poyezd va samolyotlarda ketayotgan yo‘lovchilarning shubhali yuklarini musodara qilishadi, ammo ularga ayblov e'lon qilish o‘rniga qo‘yib yuborishadi. Tushgan mablag‘larni esa, mahalliy politsiyani moliyalashtirishga yo‘naltirishadi, deb yozmoqda USA Today gazetasi o‘zi olib borgan surishtiruv natijalariga tayangan holda. 

Nashrning yozishicha, umuman Boshqarma so‘nggi 10 yilda mamlakatning eng tirband 15ta aeroportida 5,2 ming kishidan 209 million dollar ishlagan. Xodimlar, moddalarni musodara qilishgach, ayblanuvchilarga o‘ziga xos chek ham berishgan. 

Mablag‘lar asosan, mazkur xizmat bilan hamkorlik qiluvchi politsiya bo‘limlariga taqdim etilgan. Shunday guruhlardan birining sobiq xodimi Luis Vayssning so‘zlariga ko‘ra, politsiya bu kabi mablag‘larni allaqachon byudjyet mablag‘i sifatida qabul qilmoqda. 

Yonida puli bo‘lgan va giyohvand moddasi topilgan yo‘lovchilar, pulni va shubhali moddani topshirgach, o‘z yo‘lida davom etishadi. Ularga hech qanday ayblov ilgari surilmaydi, deb yozadi gazeta. 

Musodara qilishga esa, nashrning fikricha, "shubhali yo‘nalish" to‘g‘risidagi modda imkon beradi. Bunda, gumondorni ushlash uchun yetarli asos yo‘q deb hisoblaniladi. Yo‘lovchilarni agentlarning savollariga javob berish uchun jalb etishlari yoki yaxshi o‘rgatilmagan itlar yordamida tintuv o‘tkazishlari mumkin. Boshqarma xodimlari, pullarning nimaga sarf qilinishiga oid gumonga borsa, ularni musodara qilish huquqiga ega. 

Giyohvand moddalarga qarshi kurash xizmati vakili Rass Baerning so‘zlariga ko‘ra, bunday amaliyot giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi "jinoiy tashkilotlarning moliyaviy imkoniyatlarini cheklashga yordam beradi".

Bundan tashqari, USA Today nashrining yozishicha, Boshqarma Amerikaning yirik temir yo‘l kompaniyasi Amtrak va ko‘plab mahalliy aviakompaniyalarning yo‘lovchilari to‘g‘risida, ularning roziligisiz ma'lumotlarni qo‘lga kirita oladi. Baerning ta'kidlashicha, bu kabi axborotlarni aviakompaniya, avtobus parklari, avtomobillarni ijaraga berish firmalari xodimlari va shu kabilar taqdim etishadi. Aslida, ayrim kompaniyalarning ichki nizomi, yo‘lovchilar haqidagi ma'lumotni sud qarorisiz taqdim etishni taqiqlaydi.