Sport | 10:53 / 11.08.2016
15211
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada suv havzasining rangi nima uchun o‘zgargani ma'lum bo‘ldi

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining basseynlaridan birining suvi 10-avgustda kutilmaganda yashil tusga kirib qoldi. Ma'lum bo‘lishicha, suv rangining o‘zgarishiga issiq havo tufayli tez o‘suvchi suv o‘tlari sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda SNN telekanali tashkiliy qo‘mitaga tayangan holda. 

Basseynning yashil tusga kirib qolganini birinchi bo‘lib britaniyalik sportchi Tom Deyli Tvitterdagi sahifasida e'lon qildi. Suratda ikkita suv havzasi yaxshi ko‘rinadi. Suv polosi maydoni moviy tusda, suvga sakrash hovuzining rangi yashil. 

Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi esa, tahlil natijalariga ko‘ra, suv sportchilarga zararli emasligini ta'kidlab, uning rangi o‘zgarishi sabablarini aniqlashga va'da bergan. 

Bundan avvalroq, suv tusi tozalash tizimidagi nuqsonlar tufayli o‘zgargani xabar qilingan edi. 

Keyinroq, CNN telekanali Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga tayangan holda, suv rangining o‘zgarishiga issiq va shamolsiz havoda juda tez o‘sadigan suv o‘tlari sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi. Tashkiliy qo‘mitaga ko‘ra, bu o‘tlar inson salomatligiga xavf solmaydi, hovuzdagi suv esa tez orada o‘z holatiga qaytadi. 

Olimpiadada ishtirok etayotan sportchilar bu hodisa yuzasidan hazil-mazaxni boshlab yuborishgach, ularning safiga oddiy muxlislar ham qo‘shilishdi. 

Xususan, amerikalik yuguruvchi Devid Budiya balki, Rioda Avliyo Patrik kuni nishonlanayotgandir, deya hazil qilgan. 

Tvitterning ayrim foydalanuvchilari esa, yashil basseyni botqoqlikka qiyoslagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish