Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Qrimda teraktlar tayyorlagani bo‘yicha bildirilgan ayblovlarni xayollar deb atadi
Rossiya tomonidan Ukrainani terrorchilikda ayblash "bema'no va surbetlikdir", deb aytilmoqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning bayonotida.
Poroshenko Moskvaning Kiyev Qrimda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan gaplarini "Ukrainaga bildirilgan navbatdagi harbiy tahdidlar uchun bahona bo‘lgan" deb aytilgan bayonotini xom xayollar deb atadi. "Ukraina terrorchilikni barcha yo‘nalishlar va shakllarda qoralaydi va Qrimni okkupatsiya qilinishini to‘xtatishga qaratilgan istalgan terakt amaliyotini rad etadi", deb aytdi Poroshenko.
Poroshenko Rossiyani Donbass va Qrimda terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda yana aybladi va Moskva Kiyevni xalqaro sahnada yomon otliq qilish va g‘arb sanksiyalarini bekor qilishga muvaffaq bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
10 avgustda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda teraktlar oldi olinganini ma'lum qildi. MXX xabarida Ukraina mudofaa vazirligining razvedka bosh boshqarmasining josuslik tarmog‘i fosh qilingani aytilgan. 7 avgustda Qrimning Armyansk hududida qo‘poruvchilar guruhi aniqlangan, guruhni qo‘lga olishda MXX xodimi halok bo‘lgan. Keyin 8 avgustda Ukraina qurolli kuchlari maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘limi Qrim hududiga bostirib kirishga uringan. Buning oqibatida Rossiya mudofaa vazirligining harbiysi halok bo‘lgan.
Qo‘poruvchilar Qrim rahbariyati va mas'ul shaxslar kortejlari harakatlanayotganda Simferopol-Yalta trassasini portlatmoqchi bo‘lgan.